Joriy yilning 31-oktyabr kuni Navoiy shahar MTB tasarrufidagi 25-son davlat MTTda “Etnosport – milliy vа hаrаkаtli o’yinlаr” mavzusida uchrashuv tashkil etildi Unda viloyat kurash federatsiyasi rahbari M. Norov, murabbiy O.Otamurodov, oliy toifali murabbiy F.To‘rayev, xalqaro toifadagi sport ustasi S. Axmedova, O‘zbekiston chempioni Sh. Egamberdiyeva, I. Naimov hamda O‘zbekiston “O‘zbek jang san’ati” federatsiyasi viloyat bo‘limi murabbiysi Sh. Shodmonov, A.Toshevlar ishtirok etdi.Mehmonlar jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga mahorat darslari o‘tib, milliy kurashimiz tarixi, usullarini va “O‘zbek jang san’ati” yo‘nalishlari haqida ma’lumot berishdi.Ucharashuv so‘nggida tashkilot tarbiyalanuvchilari arqon tortish, chillak, tosh ko‘tarish, besh tosh, lanka, xo‘rozlar jangi kabi milliy xalq harakatli o’yinlaridan namoyon etishdi


Охирги ўзгариш вақти: 04 Noyabr 2022   Кўрилганлиги: 21
 
Матнни ўқиш учун ушбу тугмани босинг