Navoiy shahar 32-sonli Davlat  maktabgacha ta’lim tashkilotida barcha birdek intizorlik bilan kutadigan ayniqsa jajji bolajonlar kutgan bayram “Yangi yil” bayramini ko’tarinki ruhda tashkillashtirish uchun tashkilot xodimlari bor mahoratini ishga solgan holda tashkilot binosini, har bir guruh xonalari hamda  musiqa xonasi bayramonan qilib turli chiroqlar, o’yinchoqlar, shar va zarlar bilan bezadilar. Har bir guruhlar o’zining   Здравствуй праздник новогодный!, “Ёлочка-ёлка, колкая иголка” , “ B  гостях у Дедушки Мороза  nomli tadbirlarini, musiqiy raqs va o’yinlari   yuqori saviyada  tashkillashtirib bayram shukuhi nafaqat bolajonlarni balki tashkilot hodimlarini, bolalarini sevinchi quvonchini ko’rgan ota-onalarni ham ko’zlarini quvonchga to’ldirdi. Tadbir davomida  Qorbobo bolajonlarni taqdirlaganda ularning ko’zidagi quvonchi cheksizligi barcha xodimlarni yangi  2023-yildagi faoliyatlariga yanada kuch, g’ayrat, shijoat bag’ishladi.Tadbir so’ngida tashkilot direktori Boltayeva Shohsanam  Istamovna so’zga chiqib, barchani bayram bilan tabriklab yangi  2023-yilning  har kuni shunday bayramonan, quvonchlarga to’la yil bo’lishini tilab bayram tadbiriga yakun yasadi.


Охирги ўзгариш вақти: 28 Dekabr 2022   Кўрилганлиги: 21
 
Матнни ўқиш учун ушбу тугмани босинг