✅Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Navoiy shahridagi 23-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram puli tashlanib, qaytarib olindi” sarlavhali ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
❇️Ushbu holat joriy yilning 28-dekabr kuni viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i U. Tillaev boshchiligida tegishli mas’ullar bilan birgalikda Navoiy shahridagi 23-sonli davlat MTTga borgan holda ishchi-xodimlar bilan uchrashib va suhbatlashib, atroflicha o‘rganildi.
❇️O‘rganishlar va xodimlar bilan o‘tkazilgan suhbatlar natijasiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlar asossiz ekanligi ma’lum bo‘ldi va o‘z tasdig‘ini topmadi.
📌Shuningdek, boshqarma boshlig‘i tomonidan Navoiy shahridagi barcha davlat MTT direktorlari bilan tanqidiy ruhda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda sohadagi rahbar va mas’ullar tomonidan qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiya, ta’magirlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurashish, uni oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, yuqorida aytilgan, boshqa qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan rahbar va mas’ullarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jazo muqarrarligi yana bir bor ta’kidlab o‘tilib, ogohlantirildi.
❇️Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga va ularda sodir etilayotgan turli holatlarga befarq bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va kelgusida ham doimiy hamkorlik ishlarini olib borishga tayyor.
Охирги ўзгариш вақти: 29 Dekabr 2022 Кўрилганлиги: 21