Navoiy shahar 27-DMTTda 2022 yil 20,22,23,27-dekabr kunlari barcha guruhlarda «Salom, Yangi yil» siori ostida bayram tadbirlari bo’lib o’tdi.
Bolajonlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo’shiqlar, tez aytishu-topishmoqlar, turli o’yinlar bayramga yanada ko’tarinki ruh bag’ishladi.
Bayram ertaliklarida ertak qahramonlari, Qorbobo va Qorqiz, Yalmogiz kampir, Qor parchalari qahramonlari tashrif buyurib bolajonlarga bayram kayfiyati ulashdi. Bayram so»‘ngida Qorbobo va Qorqiz bolajonlarga yangi yil bayram sovg’alarini taqdim etdi.


Охирги ўзгариш вақти: 28 декабря 2022   Кўрилганлиги: 21
 
Матнни ўқиш учун ушбу тугмани босинг